Kabrita
Kabrita

Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligi

Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligi

Ishtirokchi “Yangiliklarga obuna bo‘lish” tugmasini bosgan holda, ushbu Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik (keyingi o‘rinlarda – Rozilik) shartlarini qabul qiladi.

Erkin ravishda, o‘z ixtiyori va manfaatlariga muvofiq harakat qilib, shuningdek o‘zining huquqiy layoqatini tasdiqlagan holda, Ishtirokchi “PN USEVEN” MChJ (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 21A-uy) va/yoki uning kafillangan shaxslariga www.kabrita.uz saytidan foydalanish jarayonida u haqidagi quyidagi shartlar asosida shaxsiy ma’lumotlarni olish va qayta ishlashga rozilik beradi:

1. Ushbu rozilik shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirish vositalarisiz ham, ularni qo‘llagan holda ham qayta ishlashga beriladi.

2. Rozilik quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga beriladi:

  • Maxsus yoki biometrik hisoblanmaydigan shaxsiy ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi; bola haqidagi ma’lumotlar; aloqa telefon raqamlari; elektron pochta manzillari; foydalanuvchi ma’lumotlari (joylashuv haqidagi ma’lumotlar; operatsion tizim turi va versiyasi; brauzer turi va versiyasi; qurilma turi va ekranning o‘lchami; foydalanuvchining saytga qayerdan kelgani; qaysi sayt yoki reklama orqali yo‘naltirilgani; operatsion tizim va brauzer tili; qaysi sahifalarni ochgani va qaysi tugmalarni bosgani; IP-manzil).

3. Shaxsiy ma’lumotlar ommaviy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan hisoblanadi.

4. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashdan ko‘zlangan maqsadlar quyidagilardan iborat:

  • mahsulot iste’molchilari haqida ma’lumot to‘plash, iste’molchilarning mahsulot sifati va boshqa xususiyatlari haqidagi fikrlarini o‘rganish;
  • mahsulot haqida axborotni tarqatish;
  • ishtirokchilarga mahsulot va u bilan bog‘liq tadbirlar haqida ma’lumot berish;
  • xizmat ko‘rsatishni shaxsiylashtirish va uning sifatini oshirish;
  • mijozlarga xizmat ko‘rsatish, buyurtmalarni bajarish, mijozlarning so‘rovlariga javob berish;
  • o‘tkazilayotgan aksiyalar va tadbirlar doirasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish (jumladan, g‘oliblarga sovg‘alarni yetkazib berish).

5. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning asosiy huquqiy asosi quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
  • 2019-yil 2-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi 547-sonli Qonuni;
  • ushbu Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik.

6. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: yig‘ish; yozib olish; tizimlashtirish; jamg‘arish; saqlash; aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish); chiqarib olish; foydalanish; uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish imkonini berish); bloklash; o‘chirish; yo‘q qilish.

7. Shaxsiy ma’lumotlar, jismoniy shaxsning roziligi (reklama va yangiliklar xabarnomasidan voz kechish) bekor qilinmaguncha, ammo imzolangan kundan boshlab 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida qayta ishlanadi. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumot subyektining so‘rovi asosida to‘xtatilishi mumkin.

8. Rozilik, shaxsiy ma’lumotlar subyekti yoki uning vakili tomonidan, «PN USEVEN» MCHJga erkin shakldagi yozma ariza yuborish yo‘li bilan bekor qilinishi mumkin.

9. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti yoki uning vakili tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilik bekor qilingan taqdirda, O‘zbekiston hududida faoliyat yurituvchi «PN USEVEN» MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi 2019-yil 2-iyuldagi №ZRU-547 «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, ushbu roziliksiz ham shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni davom ettirish huquqiga ega.

10. Ushbu Rozilik, imzolangan kundan boshlab, ushbu Rozilikning 9-bandiga muvofiq bekor qilinadigan kungacha amal qiladi, biroq imzolangan kundan boshlab 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda.

Kabrita
Obuna bo'ling va foydali ma'lumotlarni qulay usulda oling
Homiladorlik va chaqaloqni parvarish qilish haqida ma'lumot
Maxfiy promokod va konkurslar
E-mail
Foydali xatlar
Ismingiz
E-mail
Farzandinigiz tug'ilgan sanasi
yoki
Taxminiy tugʻruq sanasi
Telegram chat-boti
qisqa axborot xabarlari
Telegramga o'tish
Ona suti – chaqalog‘ingiz uchun eng yaxshi ozuqa!

JSST hayotning dastlabki 6 oyi davomida emizishni davom ettirishni va iloji bo‘lsa, iloji boricha uzoqroq davom etishni tavsiya qiladi. Qo‘shimcha ovqatlar kiritilgandan keyin ham emizishni davom eting.

TM Kabrita® JSST tavsiyalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va bolangiz uchun ovqat tanlash bo‘yicha davolovchi pediatr bilan maslahatlashish zarurligini eslatadi.

Sizga va chaqalog‘ingizga salomatlik tilaymiz!

Davom etish ›