Yumshoq va havodor grechka yormali kasha, Kabrita® adaptatsiyalashgan aralashmasi asosida tayyorlangan bo‘lib, chaqaloqning birinchi yilida donli qo‘shimcha ovqatga ehtiyotkorlik bilan o‘tishi va muvozanatli ovqatlanishi uchun ideal. Kabrita® kashalarining yoqimli saryog‘simon ta’mi faqatgina tabiiy sut shakari – laktoza hisobiga hosil bo‘ladi, qo‘shimcha shakar qo‘shilmagan.
Oson hazm bo‘ladi va yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kabrita® adaptatsiyalashgan aralashmasi tabiiy echki sutidan – qulay hazm bo‘lishi uchun.
«Donni ehtiyotkorlik bilan parchalanishi» texnologiyasi hazm qilishni yengillashtiradi, donning tabiiy shirinligini saqlaydi. Shu tufayli Kabrita® kashalari havodor, mayin tuzilishga ega bo‘ladi va suvda juda yaxshi eriydi.
DigestX® – ona sutidagi yog‘ profiliga o‘xshash beta-palmitatli yog‘lar kompleksi, qabziyat ehtimolini kamaytirishga, energiya almashinuvi va kaltsiyning yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Prebiotiklar hazm bo‘lishini yaxshilashga va immunitetni mustahkamlashga ko‘maklashadi.
